Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Admiralteyskiy tumanida 27-oktabr, yakshanba kuni ikki o‘zbekistonlik taksichi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “VKontakte”da xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1983-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Kia Ceed avtomobili tuman hududidan o‘tuvchi kanal bo‘ylab harakatlanib borib, chap tomonga burilgan. Burilish vaqtida mashina 1996-yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik boshqaruvidagi Hyundai Solaris bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida Hyundai haydovchisi va uning moskvalik yo‘lovchisi o‘rta darajada jarohat olgan.

Qayd etilishicha, to‘qnashuvga Hyundai haydovchisining qizil chiroqda harakatlangani sabab bo‘lgan.