Forbes ijodi o‘limidan so‘ng ham merosxo‘rlari va huquq egalariga daromad keltirayotgan 13 nafar mashhur shaxsdan iborat reytingni e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: AP

Reytingning birinchi o‘rnini qatorasiga yettinchi yil Maykl Jekson egalladi. Uning ijodi keltirgan daromad 60 million dollarni tashkil etdi. Qayd etilishicha, uning qo‘shiqlari eshitilishi soni 1,8 dan 2,1 milliardga yetgan.

Ikkinchi o‘rinda Elvis Presli (39 million dollar), uchinchi o‘rinda esa komikslar rassomi Charlz Shuls (38 million dollar) keltirilgan.

Mazkur reytingga ilk bor bundan yetti yil avval vafot etgan Uitni Xyuston va 2018-yil iyunida otib o‘ldirilgan reper XXXTentacion kiritildi.