“Rosoboroneksport” 2019-yilda dunyoning 43 mamlakatiga 11 milliard dollarlik qurol-aslaha yetkazib berdi va 800 ta yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksandr Mixeyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Foto: “Izvestiya”

Mixeyevning aytishicha, bunday natijalarga o‘ta qattiq raqobat sharoitida erishilgan.

Sanksiyalarga qaramay, Rossiya Turkiyaga havo hujumiga qarshi S-400 tizimlarining barcha komponentlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani muddatidan avval bajargan.

Shuningdek, Hindistonda Kalashnikov avtomatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ilk qo‘shma korxona ishga tushirilgan.