Ukraina mintaqada vaziyat o‘nglanganidan so‘ng Donbass tiklanishi uchun mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri kelmaydi: buning uchun Kiyev Moskvadan tovon puli talab qiladi. Bu haqda Ukraina infrastruktura vaziri Vladislav Krikliy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Foto: “TASS”

Vazirning aytishicha, Kiyev Donbassning faqat o‘zi nazorat qilayotgan qismini tiklash va investorlarni jalb etish niyatida. Hozirning o‘zida bir necha yirik kompaniya sarmoya kiritish istagini bildirgan.

“Ukrainaliklar nazorat ostida bo‘lmagan hudud uchun pul sarflamaydi. Buning iloji ham yo‘q. Tajovuzni uyushtirgan davlat hududlarimizni qaytarib bersin, tovon to‘lasin, shundan keyin mablag‘ tikish va tiklash ishlari haqida o‘ylab ko‘ramiz”, — dedi Krikliy.