Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Taxar viloyatida bugun 2-noyabrda yuz bergan portlash oqibatida maktab tomon yo‘l olgan o‘quvchilar halok bo‘ldi. Bu haqda Pajvak agentligining Twitter’dagi xabariga asoslanib “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Foto: Al-Arabiya

Mamlakatdagi hech bir terrorchilik tashkiloti “Tolibon” harakati ham, IShID ham amalga oshirilgan portlash yuzasidan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Avval Afg‘onistonning Forob viloyatida mina portlashi oqibatida yo‘l atrofda o‘ynab yurgan 8 nafar bola halok bo‘lgan va bir nafar bola jarohat olib omon qolgandi.

Shuningdek, 18-oktabr, juma kuni Afg‘oniston sharqidagi masjidda amalga oshirilgan portlash natijasida 62 nafar odamning halok bo‘lgani xabar qilingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.