Joriy yil 31-oktabr holatiga ko‘ra AQShning davlat qarzi rekord summa — 23 trillion dollardan oshib ketdi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Foto: Reuters

2019-yil fevralida bu ko‘rsatkich 22 trillion dollardan oshgandi.

AQSh budjeti tanqisligi salkam 1 trillion dollarni tashkil etgan.

Taxminlarga ko‘ra, AQSh budjetining jami tanqisligi yaqin 10 yil davomida 12,2 trillion dollarga teng bo‘ladi. Davlat qarzi hajmi esa 2029-yil kelib hozirgi yalpi ichki mahsulotning 79 foizidan 95 foiziga yetadi.

Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida mamlakatni 8 yil davomida davlat qarzidan xalos etishga va’da bergandi.