Isroil hukumati NSO Group firmasi tomonidan WhatsApp ilovasi orqali tarqatiladigan dasturiy ta’minotga aloqasi yo‘qligini bildirdi. Bu haqda Isroilning harbiy-siyosiy kabineti (milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiya) Quddus ishlari bo‘yicha vaziri Zyeev Elkin ma’lum qildi, deb yozmoqda “TASS”.

Foto: Adweek

“NSO mamlakat bozoridagi xususiy firma hisoblanadi va fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi. Kibermaydonda minglab foydalanuvchilar bor. Isroil hukumati bu ishlarga aloqador emas, ko‘pchilik buni yaxshi tushunsa kerak. Hukumat bu kabi ishlarga aralashmagan”, — deydi Zyeev Elkin.

Avvalroq Facebook kompaniyasi 29-oktabr, seshanba kuni Kaliforniya shtatida NSO Group’ga nisbatan qonuniy chora ko‘rish yuzasidan sudga murojaat qilgani, unda Isroil firmasini WhatsApp ilovasi orqali josuslikni amalga oshirganligi, odamlarni kuzatganligini, joriy yilning aprel—may oylarida WhatsApp’ning AQSh va boshqa davlatlardagi serverlaridan foydalanib, 1400 ta mobil va boshqa qurilmaga zararli dasturiy ta’minotni yuborganligi qayd etilgani xabar qilingandi.