Stavropol o‘lkasida IIV general-mayori Aleksandr Turivnenko buyurtma qotillikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.

Kadr: YouTube

Qo‘mitaga ko‘ra, Kislovodsk shahridagi sanatoriylardan birida direktor bo‘lgan Turivnenko marhum ukasidan qolgan merosga ega chiqish uchun uning turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishga qaror qiladi.

General buning uchun tanishiga murojaat qiladi va qotillik uchun 1 million rubl va’da qiladi. Tanishi esa bu murojaat haqida huquq-tartibot idoralariga xabar beradi.

Shundan so‘ng qotillik sahnalashtirilib, Turivnenko ijrochidan go‘yoki o‘ldirilgan ayol fotosini oladi. U “bajarilgan” buyurtma uchun pulni berayotgan chog‘ida hibsga olindi.

Ma’lumot uchun, Rossiya IIV transportdagi ichki ishlar G‘arb boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan general-mayori Aleksandr Turivnenko 2010-yili o‘sha paytdagi prezident Dmitriy Medvedev tomonidan iste’foga chiqarilgandi.