Uzoq Sharqda, Rossiyaning Naxodka shahri yaqinida “Amerika ko‘rfazi” tankerida portlash ro‘y berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “KP.ru”

Portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Tankerda jami 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Tergov taxminiga ko‘ra, portlashga kemadagi gaz-havo aralashmasi sabab bo‘lgan. Hodisa chog‘i unda yuk bo‘lmagani va tanker neft mahsulotlari qoldig‘idan himoyalangani bildirilgan.

Voqea joyiga ikki qutqaruv buksiri yuborildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.