IShID terroristik tashkiloti Malidagi otishmada 49 nafar mamlakat harbiysi va bir nafar fransuz askarining o‘limiga sabab bo‘lgan otishma uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, deya xabar bergan AFP.

Foto: The Pioneer

Mali qurolli kuchlari bergan ma’lumotga ko‘ra to‘qnashuv natijasida uch nafar odam yaralangan. Hujumdan keyin blokpostni qo‘riqlayotganlar orasidan faqat 20 nafar askar omon qolgan.

BMTning Malidagi missiyasi ushbu harbiy harakatlarni keskin qoralagan.

Avval Mali kommunikatsiyalar vaziri Yaya Sangare Indelimandagi qurolli kuchlar pozitsiyaga qilingan hujumdan keyin to‘qnashuv yuz bergan joydan 54 nafar odamning jasadlari topilgani, ularning bir nafari fuqaro, qolgani harbiylar ekani, 10 nafar harbiy turli darajadagi tan jarohatlari olgani, viloyatdagi vaziyat hukumat tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.