Suriyaga ortda qolgan bir sutka ichida 740 nafar odam Livandan va 700 nafardan ko‘p qochoq Iordaniyadan qaytib kelgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: SalamNews

Xabarga ko‘ra, Suriya arab respublikasiga bir sutka davomida xorij davlatlarida 1443 nafar qochoq Livan bilan “Jeydet Yabus” va “Tell-Kallax” postlari orqali 737 nafar (222 nafar ayol, 375 nafar bola); Iordaniyadan “Nasib” chegar posti orqali 706 nafar (212 nafar ayol, 360 nafar bola) qaytib kelgan.

Mamlakat hududida o‘z uyini tashlab qochib yurgan odamlardan uch nafari o‘z hududiga qaytgan.

Suriya qurolli kuchlarining injenerlik bo‘linmalari Deraa viloyatidagi Al-Xarra va Jasim, Damashq viloyatidagi Duma aholi punktlarini minalardan tozalagan. Mutaxassislar 2,4 gektar maydonni minalardan tozalab, 33 ta portlovchi qurilmani yo‘q qilgan.

Avval 900 nafardan ko‘proq qochoq xorij davlatlari hududidan Suriyaga qaytgani To‘rtta turar joy, shifoxona va tarmoq elektrstansiyasi qayta tiklangani xabar qilingandi.

“Tinchlik bulog‘i” operatsiyasi haqida

9-oktabrda Anqara Suriya shimoli-sharqida Turkiyadagi qochoqlar uchun xavfsiz zona tashkil etish maqsadida “Suriya demokratik kuchlari” kurd jangarilari va IShID terrorchilariga qarshi “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasini boshlagan. Dunyo davlatlari turklarning ushbu harakatlarini qoralagan.

17-oktabrda Anqara va Vashington Suriya shimoli-sharqidagi operatsiyani 120 soatga, kurdlar xavfsiz zona hududidan chiqib ketishi uchun to‘xtatishni kelishib oldi.

22-oktabrda Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriya hududidagi notinch vaziyatni muhokama qildi va “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasini 23-oktabrdan yana 150 soatga to‘xtatish va o‘t ochmaslik haqidagi shartlashuv muddati yakuniga yetgach hamkorlikda Turkiya—Suriya chegarasida 30 kilometrlik hududni barpo etish uchun qo‘shma patrul tadbirlari o‘tkazish haqida memorandum imzoladi. Memorandumda Bashar Asad hukumatining qo‘shinlari Turkiya bilan chegara hududida 15 ta post o‘rnatishi belgilab qo‘yilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.