Bosh prokuratura matbuot xizmati navbatdagi is gazidan zaharlanish holati haqida ma’lumot berdi.

2-noyabr kuni soat 23:00 larda Samarqand shahar Boyovut ko‘chasida yashovchi fuqaro F.K. yashash xonadonida o‘rnatilgan suv isitish gaz “kolonka”sidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Turmush o‘rtog‘i D.V. esa is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.