Chili prezidenti Sebastyan Pinyera 2022-yilga qadar, mandati tugaguncha lavozimini tark etish niyatida emas. Bu haqda u BBC uchun bergan intervyusida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EFA

“Yo‘q, muddatim yakunlanguncha qolaman. Demokratik yo‘l bilan ko‘pchilik fuqarolar tomonidan saylanganman, Ular va barcha chililiklar oldida majburiyatlarim bor”, — dedi davlat rahbari.

Shu bilan birga, Pinyera mamlakatda ommaviy namoyishlarga turtki bergan ijtimoiy noroziliklar uchun javobgarligini tan oldi.

Chili prezidenti, jumladan, mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgarishlar kiritilishini ham ko‘zda tutuvchi islohotlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.