Facebook asoschisi Mark Sukerberg kompaniyaning yangi logotipini taqdim etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Facebook

Mazkur logotip kompaniyani shu nomdagi ijtimoiy tarmoqdan farqlash uchun maxsus ishlab chiqilgan.

“15 yil avval Facebook’ni ishga tushirganimda u keyinchalik Messenger, Instagram, WhatsApp, Oculus, Workplace va boshqa mahsulotlarni ham o‘z ichiga olishini hayolimga keltirmagandim. Ko‘pchilik ular bizga tegishli ekanligini hatto bilmaydi ham”, — deya mazkur qarorga izoh bergan Sukerberg.

Kompaniya yangi logotipdan barcha mahsulotlari va marketing materiallarida foydalanadi. Facebook ijtimoiy tarmog‘i logotipi va ko‘rinishi esa o‘zgarishsiz qoladi.