Ispaniyaning sud rasmiylari Kataloniya hukumatining sobiq a’zolari Antoni Komin, Klara Ponsati va Lyuis Puchni hibsga olish uchun order berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Karles Puchdemon Kataloniya hukumatiga rahbarlik qilgan vaqt Komin sog‘liqni saqlash masalalari bilan shug‘ullangan va keyinchalik Belgiyaga qochgan. Shotlandiyadan qo‘nim topgan Ponsati ta’limga mas’ul bo‘lgan. Belgiyadan boshpana so‘ragan Puch esa madaniyat yo‘nalishi uchun javob bergan.

Sobiq mansabdorlar davlat mablag‘ini talon-toroj etish, markaziy hukumatga bo‘ysunmaslik va isyonga chorlashda ayblangan.

Siyosatchilarning advokatlari ular o‘zlari bo‘lib turgan mamlakatlar sudlariga kelishga tayyor ekanligini bildirgan.