Twitter ijtimoiy tarmog‘i Falastinning mustaqil yangiliklar sayti Quds News Network’ning bir nechta profillari bloklab qo‘yildi. Saytning deyarli barcha sahifalarida 100 minglab obunachilar bo‘lgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: Quds News Network

Ijtimoiy tarmoqlarning Falastin OAV profillarini ilk bor bloklab qo‘yayotgani yo‘q, avval Facebook ham bir nechta internet nashrlariga nisbatan bunday choralarni qo‘llagan.

Foto: The Canary

Oktabrda Falastin milliy administratsiyasi Quds News Network nashrini G‘arbiy sohil kibermaydonida qonunchilik talablarini buzganlikda ayblagan, sayt va uning akkauntlarini 50 ta taqiqlangan resurs ro‘yxatiga kiritgandi.

Falastinlik jurnalist Ahmad Jarrar Twitter’ning ushbu qaroriga munosabat bildirib, uni qo‘rqoqlarga xos harakat deb hisoblashini ma’lum qildi.

“Twitter’da Facebook’ga nisbatan insonlarga erkin fikrlash imkoniyati beriladi deb hisoblardik”, — deya yozgan Ahmad Jarrar.