Fransiya maxsus kuchlari ‘Al-Qoida’ terrorchilik tashkilotiga aloqador jangarilar guruhi rahbarini yo‘q qildi. Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Florans Parli Twitter’dagi akkauntida ma’lum qildi.

Foto: The Defense Post

Ali Maychu ismli jangarilar yetakchisi 9-oktabrda Malida yo‘q qilingan. Parlining so‘zlariga ko‘ra Maychu Saxel viloyatida qidiruv e’lon qilingan eng xavfli terrorchilardan biri edi. Fransiya mudofaa vazirligi rahbari terrorchining yangi jangarilarni tarbiyalash va xavfli teraktlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullangan.

23-sentabrda Afg‘onistonning Gilmend viloyati Musa-Kala qishlog‘ida o‘tkazilgan operatsiyada ‘Al-Qoida’ning Hindiston mintaqasidagi yetakchisi Asim Omarning o‘ldirilgani, shuningdek, 27-oktabrda AQSh koalitsiya qo‘shinlari Suriyaning Idlib viloyatida o‘tkazgan harbiy amaliyoti davomida IShID rahnamosi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani ma’lum bo‘lgandi.

Shuningdek, 1-noyabrda Malining Indeliman viloyatidagi qurolli kuchlar pozitsiyaga qilingan jangarilar hujumi natijasida 54 nafar odamning halok bo‘lgani, keyinchalik ushbu hujum uchun mas’uliyatni IShID o‘z zimmasiga olgani xabar qilingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.