O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotida doston janri o‘ziga xos o‘rin tutadi. Baxshilar tomonidan “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘mish”, “Rustamxon” kabi dostonlari yillar davomida kuylab kelinmoqda. Bu dostonlar ichida “Alpomish” xalq qahramonlik dostoni muhim o‘rin tutadi. 1999-yilda mazkur dostonning 1000 yilligi keng nishonlangandi. Mana oradan hash-pash deguncha yana 20 yil vaqt o‘tdi. “Daryo” esa shu sanaga bag‘ishlab “Alpomish” dostoni bo‘yicha bilimlaringizni test orqali sinab ko‘rishni taklif etadi.