Louis Vuitton Moet Hennessy (LVMH) korporatsiyasi rahbari Bernar Arno dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda Forbes ma’lum qildi.

Foto: AP

Nashr manbalariga ko‘ra, 70 yoshli Arno va oilasining mol-mulki 107 milliard dollarga yetgan. Shu tariqa LVMH rahbari Microsoft asoschisi Bill Geytsdan (106,8 milliard dollar) o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Arno mol-mulki 100 milliard dollardan oshgan dunyodagi uchinchi kishi bo‘lgandi. U Yevropadagi eng badavlat inson hisoblanadi.

Dunyo millliarderlari ro‘yxatida avvalgidek peshqadamlikni 112,4 milliard dollar bilan Amazon onlayn-riteyleri asoschisi Jeff Bezos egallab turibdi.