O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi respublikaning viloyatlari va tumanlarida shu kunlarda qolipli nonning sotuvdagi narxini o‘rgandi, deb yozmoqda federatsiya matbuot xizmati.

Foto: Google Images

Natijaga ko‘ra ma’lumotlar quyidagicha:

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyatining Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Oltinsoy, Sherobod, Sho‘rchi, Termiz tumanlarida hamda Termiz shahrida qolipli non 1500—2000 so‘mgacha, Denov, Qumqo‘rg‘on tumanida 1500 so‘mdan, Boysun tumanida 1500—1800 so‘mgacha, Sariosiyo tumanida 1600—2000 so‘mgacha, Uzun tumanida 1200—1800 so‘m narxlarda sotilayotgani kuzatilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman va shaharlarida qolipli nonning narxlari quyidagicha baholanmoqda. Kegeyli, Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Shumanay, Amudaryo, Beruniy, Nukus tumanlarida 1500 so‘mdan, Nukus shahri, Qorao‘zak, Chimboy, To‘rtko‘l tumanlarida 1500—2000 so‘mgacha, Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot tumanlarida 2000 so‘mdan, Ellikqal’a tumanida 1400—1500 so‘mgacha, Xo‘jayli tumanida 1500—2500 so‘mgacha sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.

“Buxanka” narxi oxirgi marta 15-oktabr kuni qimmatlashgan. O‘shanda “buxanka” 1350—1500 so‘mdan sotila boshlangan edi.