Vladimir Putin Vikipediyani mahalliy ko‘rinishdagi ensiklopediya bilan almashtirishni taklif qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Rossiya prezidenti shu tariqa maktab o‘quvchilari ko‘pincha tekshirilmagan axborot manbalari, jumladan, Vikipediyadan foydalanayotgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

“Vikipediyaga kelsak, uni elektron ko‘rinishdagi Rossiya ensiklopediyasiga almashtirgan ma’qul. Bu zamonaviy formatdagi ishonchli axborot manbasi bo‘ladi”, — dedi Putin.

Ma’lumot uchun, Rossiya rasmiylari 2016-yildan beri Vikipediyaning mahalliy analogini yaratishni muhokama qilib keladi.