Rosgvardiya rahbarining o‘rinbosari Oleg Borukayev xizmat xodimlariga qo‘riqlanadigan obyektlarga yaqinlashgan dronlarni urib tushirish huquqini berishni so‘radi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Sentabr oyida Davlat dumasi IIV, Rosgvardiya, FXX, FQX va Tashqi razvedka xizmatiga havo hududida shunday qurilmalar bo‘lishini bartaraf etish huquqini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilgandi. Mazkur hujjat dronlarni yo‘q qilish, shikastlash yoki ularning signallarini o‘chirishni ko‘zda tutadi.

Borukayev Davlat dumasidagi chiqishi chog‘ida aytishicha, dronlar radiosignalini o‘chirish qurilmalari 150 ming rubldan 200 million rublgacha turadi va g‘azna uchun og‘irlik qiladi.

“Qurol va jangovar texnikani qo‘llash qonun bilan ruxsat etilgan. Budjetga yuk tushmasligi uchun bu vaziyatdan chiqish yo‘li hisoblanadi”, — dedi Borukayev.

Rosgvardiya rahbarining o‘rinbosariga ko‘ra, mamlakatda 2017-yildan beri dronlarning qo‘riqlanadigan obyektlar havo hududiga kirishi bilan bog‘liq 50 dan ortiq holat qayd etilgan.