Xitoy hukumati 2004-yildan beri ilk bor davlat obligatsiyalarini chiqardi. Bu haqda Pekinga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralari chog‘ida Xitoy raisi Si Szinpin ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

“Parijda mamlakat hukumati 4 milliard yevrolik davlat obligatsiyalarini chiqardi. Pekin tomonidan 2004-yildan beri ilk bor obligatsiyalar chiqarilishini Xitoy, Fransiya va Yevropa o‘rtasida moliyaviy hamkorlik mustahkamlanishi uchun jiddiy chora deb bilamiz”, — dedi Si Szinpin.

Ma’lumot uchun, Xitoy davlat oblitsiyalarining 2 milliard yevro teng qismi 7 yil davomida, yana 1 milliard yevrodan 12 va 20 yilda so‘ndirilishi ko‘zda tutilgan.