Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 4-turi doirasida “F” guruhida bitta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@Arsenal

Unda “Arsenal” safarda “Gimarayesh” klubi mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 80-daqiqasida Shkodran Mustafi London klubini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 91-daqiqada Bruno Duarte gol urib, muvozanatni tikladi.

O‘yin tomonlarning 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Mazkur natijadan so‘ng “Arsenal”ning ochkolari soni 10 taga yetdi. Va jamoa guruhda yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. “Gimarayesh” esa 4-turga kelib, ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.

Yevropa Ligasi

4-tur bahsi

6-noyabr, chorshanba

“Gimarayesh” — “Arsenal” 1:1

Gollar: 0:1 – 80 Mustafi, 1:1 – 90 Bruno Duarte.

“Vitoriya Gimaraesh” – Duglas Jezus, Rafa Soaresh, Venansiu, Garsiya, Tapsoba, Evanjelista (Leo Bonatini, 82), Pedru Rodrigesh (Poa, 61), Edvards, Agu, Davidson (Roshinya, 68), Bruno Duarte.

“Arsenal” – Martines, Mustafi, Papastatopulos, Tirni, Meytlend-Naylz, Martinelli, Sebalyos (Gunduzi, 54), Pepe, Uillok (Torreyra, 78), Holding, Saka (Lyakazett, 65).

Ogohlantirishlar: Mustafi (18), Rafa Soaresh (33), Holding (66).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!