Reuters va Euronews Qirg‘izistonning Moylisoy shahridagi radioaktiv chiqindilar ombori tufayli Farg‘onaga ekologik falokat xavf solayotgani haqida xabar bergan edi.

Foto: “TASS”

O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi ushbu ma’lumot yuzasidan rasmiy izoh taqdim etdi.

Hozirgi kunda Qirg‘iziston hududidagi Moylisoy daryosi zonasida radioaktiv chiqindilarni o‘z ichiga qator xandaqlar va omborlar joylashgan.

Qo‘mita xabarida aytilishicha, 1991-yildan beri qo‘mita tomonidan rejalashtirilgan tartibda ularni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ruda konlari qoldiqlari esa to‘g‘ridan to‘g‘ri yog‘ingarchilik ta’siri ostida bo‘lgan tikka qoyalar etagida joylashgan.

Yuqorida sanab o‘tilgan obyektlardan radioaktiv ifloslanish xavfidan O‘zbekiston Respublikasi hududini radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlash hamda davlat Ekologiya qo‘mitasining profilaktik chora-tadbirlarini qabul qilish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda suv va quyi qatlamlarda ifloslantiruvchi moddalar, shu jumladan, radioaktiv elementlar va og‘ir metallar mavjudligi yuzasidan 40 dan ortiq kuzatuv punktlarida, xususan, Shohimardan, Moylisoy, Sumsar (Rezaksoy) daryolari havzasida muntazam ravishda monitoring olib borilmoqda.

Umuman olganda, nazorat qilinadigan hududda radiatsiya foni ruxsat etilgan miqdorda ekanligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.