Hind okeanidagi Fransiyaga tegishli Reyunyon oroli yaqinida yo‘lbars akula britaniyalik sayyohni g‘ajib tashlagani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Sun gazetasiga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: U-Planet

Xabarga ko‘ra, Shotlandiyada yashovchi 44 yoshli erkak 2-noyabr kuni orol sohili yaqinida cho‘milayotgan vaqtida bedarak yo‘qolgan. Erining yo‘qolgani haqida uning rafiqasi xabar bergan.

“Uning xotini katta to‘palon bilan ulkan qidiruv operatsiyasining boshlanishiga sabab bo‘ldi. Qidiruvga ko‘plab qayiqlar va vertolyotlar jalb qilindi. Dayverlar marjon riflari bor kichik orollar atrofini ham aylanib chiqdi, quruqlikda iskovuch itlar ishtirokida patrul tadbirlari ham o‘tkazildi. Ammo yo‘qolgan erkak topilmadi”, — deya ta’kidlagan qidiruvda ishtirok etgan mutaxassis.

Keyinchalik orol sohillarida oshqozonidan yo‘qolgan turistning nikoh uzugi taqqan qo‘li bo‘lgan yo‘lbars akula jasadi topildi.