Hindiston mudofaa yo‘nalishidagi izlanishlar va tadqiqotlar tashkiloti (DRDO) 8-noyabrda suv osti kemalari uchun K-4 ballistik raketalarini sinovdan o‘tkazadi. Raketa parvozining maksimal uzoqligi 3,5 ming kilometrni tashkil qiladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: IBTimes India

DRDO Andxra-Pradesh shtatidagi Vishakhapatnam shahrida K-4 suv osti platformasini ishga tushiradi. K-4 “Arixant” suv osti kemasi uchun ishlab chiqilgan atom raketasi hisoblanadi.

Foto: Livetheschool

Hindiston yadro arsenalining asosini qit’alararo yer ustidan yuboriladigan raketalar tashkil qiladi. 2018-yil 10-dekabrda Hindiston mudofaa yo‘nalishidagi izlanishlar va tadqiqotlar tashkiloti Agni-V qit’alararo ballistik raketalarini sinovdan o‘tkazgan. Ushbu raketalar 8 ming kilometr uzoqlikdagi dushmanga yadro zarbasi yo‘llash imkonini beradi.