Jahonga mashhur fransuz aktyori Jerar Depardye Toshkentga keldi. U O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmda suratga tushadi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Foto: Reuters

6-noyabr kuni Toshkentdagi islom svilizatsiyasi markazida Jerar Depardye bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori Shoazim Minovarov aktyorga islom sivilizatsiyasi markazining qurilishi jarayoni va undan o‘rin oladigan qadimiy qo‘lyozmalar haqida so‘zlab berdi.

Jerar Depardye ikki kun davomida O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, bu Jerar Depardyening O‘zbekistonga birinchi tashrifi emas. Aktyor 2012-yilda O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning loyihalarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan hamda Karimova bilan duet ijro etgan edi.