Kipr rasmiylari xorij fuqarolariga investitsiyalar kiritish evaziga berilgan 26 ta pasportni qaytarib oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Konstantinos Petridis ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.

Foto: Google Images

Vazir aynan kimlar fuqarolikdan mahrum qilinganiga aniqlik kiritmadi. Kiprning Sigmalive resursi manblariga ko‘ra, ular orasida 9 nafar Rossiya, 8 nafar Kambodja va 5 nafar Xitoy fuqarosi bor. Ularning oila a’zolaridan ham pasportlar olib qo‘yilgan.

Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis 4-noyabr kuni mamlakat pasportlari noto‘g‘ri berilishiga oid 10-15 ta “yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan” holatlar haqida gapirgandi. Gap mablag‘ o‘zlashtirishda gumon qilingan yoki “mustabid hukumatlar”ga aloqador shaxslarga berilgan hujjatlar haqida ketmoqda.