Niderlandiyaning Shiphol aeroportida 6-noyabr kuni kechki payt uchuvchi samolyotni olib qochishga urinishdan darak beruvchi xavf tugmasini adashib bosib yubordi. Bu haqda havo kemasi egasi bo‘lgan Air Europa aviakompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP Photo

“Amsterdam va Madrid o‘rtasidagi reys samolyot bortida adashish tufayli xavf tugmasi bosib yuborilgan. Hech narsa ro‘y bergani yo‘q, yo‘lovchilar yaqin orada manzillariga yetkaziladi. Biz bo‘lib o‘tgan holatdan afsusdamiz”, — deyiladi aviakompaniya xabarida.

Hodisa oqibatida Niderlandiyaning asosiy aeroportidagi D terminali ma’lum vaqt yopib qo‘yildi. Voqea joyiga maxsus bo‘linma, politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va tez tibbiy yordam mashinalari yetib keldi. Vaziyatga aholiga ehtimoliy tahdidni anglatuvchi xavfning uchinchi darajasi maqomi berilgan edi.