Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi vakillari Samarqand ko‘chalarining panorama loyihasini yaratish ustida ish boshladi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi

Samarqandda “Yandeks. Xarita” uchun 360 darajali panorama suratlarni olish boshlandi. Chevrolet Captiva markasidagi avtomobillariga maxsus shtativ yordamida fotoapparat o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida turistik davlatlarning panorama suratlari olinadi.

Foto: Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi

Ushbu loyiha Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi bilan hamkorlikda respublika sayyohlik saytlarining foto va video ma’lumot bazalarini shakllantirish hamda undan keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda foydalanish maqsadida qilinmoqda.

Foto: Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi

“Samarqandning diqqatga sazovor joylari haqidagi yangi virtual karta uchun materiallar tayyorlash ishlari avjida. Hozirgi kunda shahar ko‘chalarida maxsus kameralar yordamida 360 gradus kenglikda panorama suratlari olinmoqda. ‘Yandeks. Panoramalar’ – bu ‘Yandeks. Kartalar’ loyihasining kengaytirilgan talqinidir. Ushbu servis ko‘chalar, binolar va shahar panoramalarining uch o‘lchamli turlarini ko‘rish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.