O‘zbekistondagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okgugga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Ushbu dala-o‘quv maydonining ochilish marosimida mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov, “O‘zbekiston Qahramoni”, Nuroniy jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Hasan Normurodov, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tumandagi maktab o‘quvchi yoshlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tantanali marosimda so‘z olgan mudofaa vaziri dala-o‘quv maydoni qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi. Albatta, bu kabi poligonlar yurt himoyasi uchun bel bog‘lagan asl o‘g‘lonlar uchun malaka va tajriba orttirish maydoni bo‘lishini ta’kidladi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Shundan so‘ng poligon qurilishida o‘zining vatanparvarligini, yurtsevarligini ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar mudofaa vaziri tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, dala-o‘quv maydoni infratuzilmasini bunyod etgan qurilish tashkilotlari vakillariga to‘n kiydirildi.