Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turiga 6-noyabr, chorshanba kuni yakun yasaldi.

Foto: Twitter

“A” guruhi peshqadami PSJ o‘z uyida “Bryugge”ni qabul qilib, Mauro Ikardining 21-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga muddatidan avval 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda “Real” Madridda “Galatasaroy”ni qabul qilib, yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limda 18 yoshli Rodrigo dublga erishgan bo‘lsa, Karim Benzema hamda Serxio Ramos bittadan golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda esa Benzema dublni, Rodrigo esa het-trikni nishonladi.

“D” guruhining ikkinchi bellashuvi Leverkuzenda kechdi. Unda “Atletiko” mezbon “Bayer”ga qarshi maydonga tushdi. 41-daqiqada Tomas Parti avtogol sohibiga aylanib, mezbonlarning hisobda oldinga chiqib olishini ta’minladi. 55-daqiqada esa Kevin Folland hisobni 2:0 ko‘rinishga keltirdi. Madrid klubining yagona goliga esa o‘yin so‘ngida Alvaro Morata mualliflik qildi.

Ingliz jamoalaridan, xususan, “Manchester Siti” qiyin kechgan bahsda “Atalanta” bilan safarda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. “Tottenhem” esa “Srvena Zvezda”ni safarda 4:0 hisobida tor-mor keltirdi.

YChL

4-tur

6-noyabr, choshanba

“A” guruhi

PSJ—“Bryugge” 1:0

Gol: 1:0 – 21 Ikardi.

“Real”—“Galatasaroy” 6:0

Gollar: 1:0 – 4 Rodrigo, 2:0 – 7 Rodrigo, 3:0 – 14, penalti Ramos, 4:0 – 45 Benzema, 5:0 – 81 Benzema, 6:0 – 90 Rodrigo.

“B” guruhi

“Bavariya”—“Olimpiakos” 2:0

Gollar: 1:0 – 69 Levandovski, 2:0 – 89 Perishich.

“Srvena Zvezda”—“Tottenhem” 0:4

Gollar: 0:1 – 34 Lo Chelso, 0:2 – 57 Son Hyon Min, 0:3 – 61 Son Hyon Min, 0:4 – 85 Eriksen.

“C” guruhi

“Atalanta”—“Manchester Siti” 1:1

Gollar: 0:1 – 7 Sterling, 1:1 – 49 Pashalich.

“Dinamo Z”—“Shaxtyor D” 3:3

Gollar: 0:1 – 13 Alan Patrik, 1:1 – 25 Petkovich, 2:1 – 83 Ivanushets, 3:1 – 89 Ademi, 3:2 – 90 Morayes, 3:3 – 90, penalti Tete.

“D” guruhi

“Lokomotiv”—“Yuventus” 1:2

Gollar: 0:1 – 3 Remzi, 1:1 – 12 Miranchuk, 1:2 – 90 Duglas Kosta.

“Bayer L”—“Atletiko M” 2:1

Gollar: 1:0 – 41, avtogol Tomas, 2:0 – 55 Folland, 2:1 – 90 Morata.