Rossiyaning Astraxan viloyatining Yenotayev tumanida O‘zbekiston fuqaro ustida sud hukmi o‘qildi, deb xabar bermoqda “Astravolga.ru”. U ayol kishini zo‘rlashga urinishda aybdor deb topilgan.

Voqea 10-avgust kuni sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik bo‘lgan 37 yoshli mast erkak 36 yoshli mahalliy ayolning uyiga bostirib kirib unga tashlangan.

“Ayblanuvchi ayolni yerga yotqizgan va uni zo‘rlamoqchi bo‘lgan, ammo ayol qarshilik ko‘rsatgan. Uning yordam so‘rab baqirganini eshitgan jabrlanuvchi ayol dugonasining o‘g‘li yordamga yetib kelgandan so‘ng erkak uni qo‘yib yuborgan”, — deyiladi Astraxan viloyati tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Sud O‘zbekiston fuqarosini aybdor deb topib, unga 3 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.