O‘zbekiston Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” manbalari xabar qildi.

Foto: “Daryo”

Svetlana Ortiqova 1962-yil 1-yanvarda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1987-yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligiga ko‘ra huquqshunos, ko‘p yillar davomida prokuratura organlarida faoliyat olib borgan.

2015-yildan 2019-yilga qadar Senatga raislik qilgan Nig‘matilla Yo‘ldoshevga o‘rinbosarlik qilgan edi. Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019-yil iyunidan beri O‘zbekiston bosh prokurori hisoblanadi.