Turkiyaning Artvin viloyati, Hopa tumanida Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va Gruziya fuqarosi bo‘lgan ayollar fohishalik qilgani aniqlandi. Bu haqda Turkiyaning Hürriyet nashri xabar berdi. Voqea 14-oktabr kuni ro‘y bergan.

O‘tkazilgan tezkor tergov amaliyotlari natijasida Artvin viloyati xodimlari fohishalikda ayblanayotgan 33 nafar yosh ayol va ushbu jinoiy biznes tashkilotchilarini qo‘lga olgan. Ayollarning 5 nafari o‘zbekistonlik, 20 nafari Gruziya, 4 nafari Qirg‘iziston, 3 nafari Rossiya va 1 nafari Ukraina fuqarosi bo‘lgan.

Tergovda yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan 33 ayoldan 12 nafarida teri-tanosil kasalliklari borligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, ayollar sud jarayonidan so‘ng o‘z vatanlariga deportatsiya qilingan.