Xitoyda sintetik narkotik — fentanil kontrabandasi bilan AQShda shug‘ullangan bir kishi o‘lim jazosiga va 8 kishi turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Yandex

Mamlakatning Xebey provinsiyasi Sintay shahri sudi bayonotida bu Xitoy va Qo‘shma Shtatlar maxsus xizmatlari birgalikdan tekshiruv olib borgan birinchi holat ekanligi ta’kidlangan.

Oldinroq Vashington bir necha marotaba Xitoy rasmiylarini fentanil kontrabandasiga chek qo‘yishga yetarlicha e’tibor bermayotganlikda ayblagandi.

Ma’lumot uchun, fentanil geroindan 50 marotaba kuchliroq sintetik narkotik hisoblanadi.