Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turi doirasida “B” hamda “D” guruhlarida bittadan o‘yin yakunlandi.

Foto: Twitter/@Juventus

“D” guruhi favoriti “Yuventus” Moskvada “Lokomotiv” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Krishtianu Ronalduning jarimadan bergan zarbasi darvozaga kirib ketayotgan bir vaqtda Aaron Remzi to‘pga oyoq qo‘ydi. Natijada gol uelslik futbolchi hisobiga yozildi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Aleksey Miranchuk hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 93-daqiqasida esa zaxiradan bahsga qo‘shilgan Duglas Kosta qoyilmaqom kombinatsiyani gol bilan yakunladi.

Shu tariqa mazkur g‘alabadan so‘ng “Yuventus” 10 ochko jamg‘arib, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“B” guruhi yetakchisi “Bavariya” o‘z uyida “Olimpiakos”ni qabul qilib, Robert Levandovski hamda Ivan Perishichning gollari evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bir necha kun oldin bosh murabbiy Niko Kovachni iste’foga chiqargan myunxenliklar bu g‘alaba sabab muddatidan avval pley-offga chiqdi.

YChL

4-tur bahslari

6-noyabr, chorshanba

“Lokomotiv” – “Yuventus” 1:2

Gollar: 0:1 – 3 Remzi, 1:1 – 12 Miranchuk, 1:2 – 90 Duglas Kosta.

“Lokomotiv” – Gilerme, Ignatev, Hevedes, Chorluka, Ribus, Joau Mariu (Kolomeysev, 85), Barinov, Miranchuk, Krixovyak, Jemaletdinov (Serkeyra, 81), Eder.

“Yuventus” – Shchensni, Aleks Sandro, Rugani, Danilo, Bonuchchi, Xedira (Duglas Kosta, 70), Pyanich, Rabo, Remzi (Bentankur, 64), Iguain, Ronaldu (Dibala, 82).

Ogohlantirishlar: Bonuchchi (39), Ribus (83), Duglas Kosta (90).

“Bavariya” — “Olimpiakos” 2:0

Gollar: 1:0 – 69 Levandovski, 2:0 – 89 Perishich.

“Bavariya” – Noyer, Pavar, Kimmix, Alaba, Martines, Devis, Goretska (Tolisso, 82), Gnabri (Perishich, 88), Koman (Koutino, 90), Levandovski, Myuller.

“Olimpiakos” – Joze Sa, Simikas, Elabdellaui, Merya, Ruben Semedu, Buxalakis (Valbuena, 71), Gilerme, Randjelovich (Masuras, 61), Kamara, Podense (Al-Arabi, 80), Gerrero.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!