Facebook kompaniyasi partiyalar va siyosatchilarning akkauntlari xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, AQShda 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga aralashuvni oldini olish uchun Facebook Protect dasturini ishga tushirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Kompaniya bayonotida dastur saylanadigan mansabdor shaxslar, nomzodlar, ularning xodimlari akkauntlarini xakerlik hujumlaridan himoya qilishga qaratilgani ta’kidlangan.

Endi akkauntlardan biriga hujum aniqlangan taqdirda Facebook dasturda ro‘yxatdan o‘tgan shaxs yoki tashkilotning boshqa akkauntlarini tekshirish va himoyalash imkoniga ega bo‘lishi aytilmoqda.