Gretsiya shimolidagi Markaziy Makedoniyada, Sere shahri yaqinidagi qazilma ishlari vaqtida avval fanga noma’lum bo‘lgan ilonlarning ikki turning qoldiqlari topildi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

Foto: Greekreporter

Ilon qoldiqlarini topgan tadqiqotchi ularning taxminiy yoshini ham aniqlagan. Sudralib yuruvchilarning yoshi 5,5 milliondan 6 million yilgacha borib yetishi mumkin. Olim ularga Periergophis micros (grekcha “g‘alati grekcha ilon”) va Paraxenophis spanios (“kamyob o‘zgacha ilon”) deb nomladi.

Toronto universitetining paleontologi Georgis Georgalis topilgan ikki ilon turning boshqa har qanday turdagi ilonlardan farqli ekanligini qayd etdi va shu sababli ham ularga yangi nom berilganini ta’kidladi.

“Ular shu qadar g‘aroyibki, biz ilonlarni qaysidir turkum yoki turga mansub deb ayta olmaymiz. Shu sababli ularni alohida bir tur deb ajratish maqsadga muvofiq. Umurtqa pog‘onasining bunday anatom shakli avval kuzatilmagan. Zamonaviy hayvonlarda ham qirilib ketgan turlarga mansub ilonlarda ham loaqal morfologiyasi ushbu ikki ilonga o‘xshash sudralib yuruvchi uchramagan”, — deydi olim.

Georgalis ushbu kashfiyot haqida yozgan maqolasida Germaniya, Shveysariya va Chexiya paleontologlari bilan ushbu ikki yangi tur ilonlari o‘rganilayotganini aytib o‘tgan.