O‘zbekistonda propiska olish tizimini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda IIV vakili Ruslan Karimov AOKAdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Xabar.uz”.

Foto: “Xabar.uz”

Uning aytishicha, propiska tizimi bo‘yicha ishchi guruh ishlayapti, jarayon to‘xtab qolgani yo‘q. O‘zgarishlar bo‘ladi, bu bo‘yicha takliflar ishlab chiqilyapti. O‘zbekistonda 2021-yildan ID-kartaga o‘tiladi. Bundan kartaga o‘tish asnosida ko‘p narsalar o‘zgaradi. Xususan, unda muhr bosish talab etilmaydi.

“Bir-ikki yil ichida propiska deyarli ko‘tarilmaydigan masalaga aylanadi”, — degan Ruslan Karimov.