Alibaba korporatsiyasi asoschisi Jek Ma qatorasiga ikkinchi yil Xitoyning eng badavlat kishilari ro‘yxatida yetakchilik qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Hozirda uning mol-mulki 38,2 milliard dollarga baholanmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan salkam 4 milliardga ko‘p.

Forbes tomonidan tuzilgan reytingdagi ikkinchi o‘rinni Tencent telekommunikatsiya korporatsiyasi rahbari Ma Xuaten (36 milliard dollar), uchinchi o‘rinni esa Evergrande developerlik kompaniyasi boshqaruv raisi Syuy Szyain (27,7 milliard dollar) egallagan.

Ma’lumot uchun, 55 yashar Jek Ma Alibaba korporatsiyasiga asos solinganiga 20 yil to‘lganda, joriy yil sentabrida rasman direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etdi.