Yaponiyada yashovchi Mikoto laqabli boyqush ijtimoiy tarmoqlar, xususan Twitter’da juda mashhur. Barcha qushlar kabi u ham ucha oladi, lekin Mikotoga velosipedda sayr qilish ham yoqadi. Meduza boyqushning antiqa videolarini taqdim etdi.

Foto: Twitter

Yaponiyalik qushchaning Twitter’dagi blogida o‘nlab qiziqarli videolarni tomosha qilish mumkin. Ming bor o‘qigandan, bir kor ko‘rgan afzal.

Mikoto velosipeddan tashqari mashinada ham shahar aylangan Qushcha kameralardan aslo cho‘chimaydi va uyalmaydi. Aksincha bor mahoratini namoyish qilib, o‘zini erkalaganlarga tabassum bilan javob qaytaradi.

Mikotoning egasi qushning patlarini tarab turli soch (pat) turmaklarini o‘ylab topadi.

Boyqushning pushtirang qalpoqchasi ham bor.

Mikoto karton qutida uxlaydi.

Boyqush yuvinish xonasida.

Kayfiyat: u derazadan kelajakka umid bilan qaramoqda. Yer sharimiz naqadar go‘zal, ayniqsa yuqoridan qaraganda!

Hozir kuz, lekin Mikoto bahor faslidan zavq olmoqda.