Toshkent shahar Olmazor tumanida haydovchilar o‘rtasida kelishmovchilik yuz berdi. Unda haydovchilardan biri to‘pponcha bilan o‘qtalgan. Keyinchalik aniqlanishicha, ushbu to‘pponcha plastmassadan tayyorlangan o‘yinchoq bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. Holat aks etgan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu holatning tekshiruvi o‘tkazilib, hodisa ishtirokchilari va kelishmovchilik sabablariga aniqlik kiritildi. Hodisa svetofor ishlamasligi oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan Keles ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Ikki avtomobil haydovchilari — Matiz rusumli avtomobilni boshqargan 28 yoshli Farxod Y. va Cobalt avtomobilini boshqargan 51 yoshli Jahongir J. bir-birlariga yo‘l bermaganligi oqibatida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga chiqqan. Janjal davomida Farxod Yu. Jahongirga o‘yinchoq to‘pponcha bilan tahdid qilgan.

Ushbu mojaro bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda,