Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlariga qarashli bo‘linma shaxsiy tarkibi jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘ra, Navoiy viloyatida joylashgan “Kulquduq” havo-yer harbiy poligonida havo hujumiga qarshi raketani amalda muvaffaqiyatli qo‘lladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va kommunikatsiyalar ommaviy departamenti

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugdan marsh davomida shaxsiy tarkib muayyan oraliq vaqtlar mobaynida jangovar texnikalarni texnik nazorat ko‘rigidan o‘tkazish, ularga yonilg‘i quyish, shuningdek, xalqaro va magistral yo‘llar, shahar hamda aholi zich yashaydigan hududlarda harakatlanish chog‘ida barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etgan holda “Kulquduq” havo-yer poligoniga kelib o‘rnashdi.

Harbiy xizmatchilar “Kulquduq” poligonida jangovar texnikalarni belgilangan tartibda xavfsiz, funksional pozitsiyalarda joylashtirdi. Yuqori qo‘mondonlik o‘rtasida va ichki tartibda o‘zaro aloqa o‘rnatildi.

“Jangovar shay holatga keltirilgan zenit-raketa majmualari ishga tushirildi: dastlab, harbiy aviatsiya orqali yaqin masofadagi nishon havoga qo‘yib yuborildi. Havodagi jism haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarga tayangan holda raketa jangovar holatda otildi. Nishon qisqa vaqt ichida bexato urib tushirildi; shundan so‘ng, uzoq masofadagi nishonlarni urib tushirishga mo‘ljallangan zenit-raketa majmuasi o‘z “ish”ini boshladi. Havoga shartli dushman – uchuvchisiz uchish apparati uchirildi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Shaxsiy tarkib boshqaruv va qo‘mondonlik punktida uzoq masofadagi nishonning oraliq masofasi, harakati va tezligini aniqlab, kuzatuvga oldi. So‘ngra yuqori qo‘mondonlikning “Nishon yo‘q qilinsin!” buyrug‘iga binoan havo-yer raketasi jangovar otish holatida nishon tomonga yo‘nalish oldi. Sanoqli soniyalarda shartli dushman uchish apparati butkul zararsizlantirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Qo‘yilgan jangovar vazifa a’lo darajada bajarildi.