Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga tegishli qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, maktab o‘quvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi boshqa 55 ta kasallikdan tashqari, yana quyidagi 4 ta kasallikda imtihonlardan ozod qilinishi belgilandi:

  • mukovissidoz, aralash shakli, og‘ir turi;
  • plevrit;
  • nospetsifik yarali kolit (zo‘riqish davri);
  • jigar sirrozi.

O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklarga tif, botulizm, sil kasalligi, xavfli o‘smalar kabilar kiradi.

Quyidagi havola orqali kasalliklarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish mumkin.