Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi ustida bir necha kun davomida hukmronlik qilgan sovuq antitsiklon chekinishni boshlaydi, deb xabar beradi O‘zgidromet.

Foto: “Daryo”

Bu kechki sovuqlarning biroz pasayishi va kunduzgi haroratning ozgina ko‘tarilishiga olib keladi. Dam olish kunlari kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, kechasi harorat 0—5 daraja, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yakshanbada Qozog‘iston hududi bo‘ylab navbatdagi sovuq havo oqimi o‘tadi. Respublika ana shu sovuq oqim chegarasida bo‘ladi. Shu sababli bulutlar ko‘payib, harorat 2—3 darajaga bir oz pasayadi.