Pokiston janubi-g‘arbidagi avtomobil yo‘lida 7-noyabrda ro‘y bergan dahshatli halokatda 13 nafar odam qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Regnum” xabar berdi.

Foto: PasteFS

Avtohalokat Sind viloyatidagi Xala shahrida sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra mikroavtobus haydovchisi motorikshani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan, ammo yuqori tezlikda harakatlangani sababli boshqaruvni yo‘qotib rikshani ag‘darib yuborgan.

Halokatda 13 nafar odam halok bo‘lgan, ularning hammasi motoriksha yo‘lovchilari.

Mikroavtobus haydovchisi politsiya xodimlari tomonidan hibsga olingan. YTHning boshqa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Foto: BOL News

Avval Saudiya Arabistonida ziyoratchilar avtobusining yonib ketgani, Nepalda yo‘lovchilar avtobusining daryoga qulagani xabar qilingan.