O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va ayrim viloyatlardagi qolipli non narxini o‘rganib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan edi, deb yozmoqda federatsiya matbuot xizmati.

Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida qolipli non narxini 2500 so‘mdan sotilayotgani to‘g‘risidagi xabarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi mutasaddi rahbarlari befarq qaramagan holda butun respublika hududida qolipli non narxini 1500 so‘mdan sotilishi nazoratini qo‘lga oldi.

Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “buxanka” narxi so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashdi. Ayrim hududlarda uning narxi 2500 so‘mgacha ko‘tarildi. Shavkat Mirziyoyev 7-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektorda mu masalaga alohida to‘xtalib, non ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.