Bugun, 8-noyabr kuni soat 17:53 da “101” raqamiga Sergeli tumani Lutfikor ko‘chasida joylashgan kichik sanoat zonasidagi ishlab chiqarish sexida yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Foto: Telegram / “Exo Uzbekistana”

O‘zbekiston FVV yong‘in xavfsizligi boshqarmasi brigadasi soat 17:57 da voqea joyiga yetib borgan. 19:46 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.

Yong‘in sababi, moddiy zarar miqdori tegishli ekspertiza xulosasidan so‘ng aniq bo‘ladi, deyiladi xabarda.